Sarhisob: erishilgan yutuqlar va kamchiliklar muhokama etildi
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Hayʼat majlisi
Unda 2022-yilning birinchi choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Qayd etildiki, Adliya vazirligi tomonidan davlat va jamiyat hayotining muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan 60 ta normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 7 ta qonun, 20 ta Prezident hujjatlari, 20 ta Hukumat hujjatlari, 13 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.
Shuningdek, 518 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. 66 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Kelib tushgan jami 40,6 ming murojaatlarning 34 mingtasi yaʼni 86 foizi qonuniy hal etildi. Kelib tushgan murojaatlar oʻtgan yilning mos davrga nisbatan 16 foizga, hal etilgan murojaatlar 11 foizga ortgan.
Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha 2022-yil 1-choragida 13 171 ta taqdimnoma kiritildi, 2 501 nafar shaxslar maʼmuriy, 6 776 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 95 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Sudlarga 2022-yil 1-choragida 102,6 mlrd. soʻmlik 9 145 ta daʼvolar kiritilib, 89,2 mlrd. soʻmlik 8 418 ta daʼvolar qanoatlantirildi.
Alohida qayd etish kerakki, aholi va tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini himoya qilib sudlarga kiritilgan daʼvo arizalari va ularni qanoatlantirish oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga oshgan.
Shuningdek, taʼsir choralari natijasida 13 665 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilingan hamda qonunchilikka muvofiqlashtirilgan. Bu esa, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10 baravarga oshgan.
Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 2022-yil
1-choragida 152 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. 3,4 mln.ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Shuningdek, hududiy adliya organlari faoliyatining samaradorligi baholanib, baholash natijalariga koʻra Andijon va Sirdaryo viloyat adliya boshqarmalari eng yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etdi.
Nisbatan past koʻrsatkich qayd etgan hududiy adliya organlari faoliyati tanqid qilindi, faoliyatini yanada jadallashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar xodimlarning eʼtiborsizligi, kamchiliklarni oldindan koʻra olish mumkinligi va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring