Sardor Umurzoqov Moderna vaksinasi bilan emlandi
9-avgust kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida idora rahbariyati va xodimlarini emlash tadbirlari boshlandi.
10-avgust holatiga koʻra, Vazirlik markaziy apparati xodimlarining 61 foizi, quyi tashkilotlar xodimlarining 70 foizi va ITSV hududiy boʻlinmalari xodimlarining 85 foizi emlandi.
Qolganlar ilgari emlangan yoki oxirgi 3 oy ichida COVID-19 bilan kasal boʻlgan yoki emlanishga qarshi tibbiy koʻrsatmalari bor xodimlarni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring