Sardor Rajabov va Farhod Boqiyev maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosarlari etib tayinlandi
Sardor Rajabov tayinlovga qadar Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Farhod Boqiyev tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining ikki oʻrinbosari — Uzoqboy Begimqulov va Dilshod Kenjayev ishdan olingani xabar qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring