“Sardoba“ suv ombori qancha gektar maydonga suv berishi aytildi
Ayni damda Xalqaro press-klub Guliston shahridan toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilmoqda
Xalqaro press-klubning mazkur sayyor sessiyasi 1-may kuni Sardoba toshqini va ayni paytda, halokat oqibatlarini yumshatish hamda bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar sarhisobiga bagʻishlanadi.Unda Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Vohidjon Ahmadjonov Sardoba suv omboridan qancha suv oqib oʻtishi haqida maʼlumot berdi:
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari Sirdaryo daryosining oʻrta oqimida joylashgan boʻlib, yiliga 20 mlrd. kub suv oqib oʻtadi. Shundan 6 mlrd. yoz oylarida, qolgan 13-14 mlrd. qismi esa qish faslida oqib ketadi.
Suv taʼminotiga ehtiyoj yoz oylarida sezilgan vaqtlarda bu viloyatlarda suv taʼminoti juda past boʻlgan, bor yoʻgʻi 65% suv bilan taʼminlangan. Suv tanqisligi juda yuqori boʻlganligidan qishloq xoʻjaligida sugʻorish, takroriy ekish muammo boʻlgan.
Sardoba suv ombori 140 ming gektar maydonga suv beradi, umumiy taʼsiri esa 370 ming gektarga teng.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring