Sardoba: Pasport rasmiylashtirish davom etmoqda!

21:55 17 May 2020 Jamiyat
1128 0

“Sardoba suv ombori”da sodir boʻlgan holat barchamizga ogʻir bir sinov boʻldi. Mana shunday sinovli kunlarda tabiiy ofatdan jabr koʻrgan fuqarolarga moddiy, maʼnaviy hamda amaliy yordam berish oʻylaymizki, barcha davlat idoralarining birinchi oʻrindagi vazifasi boʻlishi lozim.

Xususan, suv toshqinidan jabr koʻrgan aholining yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan barcha hujjatlarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz rasmiylashtirib berilishi mana shunday sinovli kunlarda fuqarolarimizga dalda boʻlishi turgan gap.

Jumladan, Vazirlik migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning quyi boʻgʻinlari xodimlari tomonidan joriy yilning 16-may kuni holatiga koʻra 1.030 nafar suv toshqinidan jabr koʻrgan fuqarolarga yangi biometrik pasportlar rasmiylashtirib berildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qildi.

Talafot sababli fuqarolik pasportini yoʻqotgan yoki pasporti yaroqsiz holga kelgan fuqarolarni aniqlash va ularga yangi biometrik pasportlar rasmiylashtirib berish ishlari davom etmoqda.

Agarda Siz va Sizning yaqin qarindoshlaringiz orasida joriy yilning 1-may kuni “Sardoba suv ombori”da yuz bergan tabiiy ofat tufayli fuqarolik pasportini yoʻqotgan yoki pasporti yaroqsiz holga kelgan fuqarolar boʻlsa, doimiy roʻyxatda turgan yoki hozirda vaqtinchalik yashab turgan manzildagi Ichki ishlar boʻlimi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер