Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining 12 ta aholi punktida elektr taʼminoti toʻliq tiklandi

12:35 16 May 2020 Jamiyat
1197 0

Sirdayor viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, bugungi kunga qadar 3 dona podstansiya, 92 dona transformator punkti va 273,0 km elektr uzatish tarmoqlarida (4 963 ta elektr ustunlar) taʼmirlash tiklash ishlari olib borilib, toʻliq ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Natijada 7 987 ta elektr taʼminoti uzilgan aholi xonadonlaridan (suv yetib bormagan hududlar aholisini xavfsizlik uchun elektr taʼminotidan uzib qoʻyilganlar bilan 12 000 dan ortiq) 7 987 tasi ham elektr energiya bilan taʼminlandi.

Shuningdek, suv toshqini natijasida talofat koʻrgan 12 ta aholi punktida elektr uskunalarga talofat yetgan edi. Bugungi kunda mazkur 12 ta aholi punkti barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер