Saratonni qoʻzgʻatadigan kiyimlar eʼlon qilindi
Rossiyalik kimyo terapevt Andrey Bazilev saratonni qoʻzgʻatadigan kiyimlarning nomini aytdi. Bu haqda «Pyatыy kanal» xabar bermoqda.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, poliester kabi sintetik materiallardan tayyorlangan kiyimlar saraton xavfini oshiradi. «Odatda, ushbu matoni ishlab chiqarishda unga turli xil moddalar qoʻshiladi: formaldegid, ammiak, teflon, ftalat. Bu moddalarning barchasi nafas olish yoʻllari kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin ”, deya tushuntirdi onkolog.
Shifokorning taʼkidlashicha, hozirgi vaqtda sintetik materiallar saratonni qoʻzgʻatishi haqida aniq ilmiy dalillar yoʻq. Shunga qaramay, Bazilev gʻayritabiiy matolarni uzoq vaqt kiyib yurishdan saqlanishni tavsiya qildi. Shuningdek, u sintetik choyshablardan voz kechishni maslahat berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring