Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi
Joriy yilning 26-iyun kuni OʼzLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Rustam Kalanov Toshkent moliya instituti majlislar zalida Yunusobod tumani saylovchilari bilan uchrashdi.
Tadbirda saylovoldi dasturiga binoan mamlakatimizda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻzlandi.
Xususan, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish uchun ishlar jadallashadi. Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratiladi. Kelgusi yillarda 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinadi. Tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida sanoat ipotekasi tizimi toʻliq yoʻlga qoʻyiladi. Har bir tumanda kamida mingta ish oʻrni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi. IT xizmatlari eksporti 5 milliard dollarga olib chiqiladi. 2030-yilga qadar jami eksport hajmi 2 barobar oshirilib, 45 milliard dollarga yetkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring