Sanitariya qoidalariga befarq qaragan direktor ishdan bo‘shatildi

10:52 31 May 2018 Jamiyat
1463 0
Foto: sof.uz

Toshkent shahri Yashnobod tumani ko‘zi ojizlar maktab-internati direktori M.Maqsudov ushbu muassasada sanitariya me’yorlariga rioya etilmagani uchun o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqida “Gazeta.uz” shahar prokuraturasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Shahar prokurori Sherzod Obloqulov tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘ini tiklash, bilim olish va yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida shaxsan o‘zi mazkur ta’lim dargohiga tashrif buyurgan.

O‘rganishlar davomida internatdagi o‘quvchilar turarjoyi, oshxona va san uzel tizimida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilmagani aniqlandi. Muassasa rahbariyati esa o‘z mas’uliyatiga e’tiborsiz munosabatda bo‘lgan.

Mazkur muammolarni inobatga olib, shuningdek, maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari arizasiga binoan Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi M.Maqsudov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер