Sanʼatkor “Yil ayoli“ deya eʼlon qilindi
AQSHlik qoʻshiqchi Ariana Grande Billboard musiqiy jurnali versiyasiga koʻra “Yilning eng yaxshi ayoli“ deya eʼlon qilindi.
U musiqa sanoatidagi xizmatlari uchun shunday eʼtirofga loyiq koʻrilgan. Tanqidchilarning fikriga koʻra, “Grande oʻz nuqtai nazarida yulduzga aylandi. Aslida u hech qanday musiqiy yoʻnalish yoki trendga mos kelmaydi”.
Qoʻshiqchi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayollar va erkaklarning tengligi va qurol savdosini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi uchun faol kurashib kelgan.
25 yoshli kino va teatr aktyori, pop qoʻshiqchisi va model hisoblangan Ariana Grande shu paytgacha toʻrtta albom chiqargan. Uning soʻnggi albomini 2018 yilning avgustida muxlislar eʼtiboriga havola etildi.
2017 yil may oyida Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida tashkil etilgan Grande konsertining oxirida portlash sodir boʻlgan edi. Terroristik hujum oqibatida 22 kishi hayotdan koʻz yumgan. Xunrezlikni “Islom davlati” terrorchilar guruhi oʻz zimmasiga olgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring