“Samsung Electronics”da uch avlod boshqaruviga yakun yasalmoqda

23:12 07 May 2020 Dunyo
860 0

Foto: Rambler

Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasining vitse-prezidenti va amaldagi rahbari Li Chje Yon kompaniya boshqaruvini oʻz farzandlariga topshirish niyati yoʻqligini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Li Chje Yon haqiqatan ham rahbarlikni farzandlariga topshirmasa, uch avlod tomonidan ketma-ketma boshqarilib kelinayotgan asoschilarning sulolasi yakunlanadi.

“Samsung”ning Seuldagi shtab-kvartirasida nutq soʻzlagan Li Chje Yon korrupsiya mojarosi, shuningdek, kompaniyaning top-menejerlari tomonidan kasaba uyushmalariga qarshi yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklar uchun uzr soʻradi va xodimlariga kasaba uyushmalarida birlashishi, jamoaviy savdoda qatnashishi hamda tinch yigʻilishlarda ishtirok etishlari mumkinligini vaʼda qildi.

Li Chje Yonning bayonoti shuni koʻrsatdiki, endilikda “Samsung” kompaniyasini asoschilar oilasiga tegishli boʻlgan inson emas, balki qobiliyatlariga qarab tanlanadigan professional menejerlar boshqaradi.

Garvard universitetini tamomlagan va uchta tilni biladigan Li Chje Yon hozirda “Samsung”ning kundalik operatsiyalarini boshqarishda ishtirok etmayapti, ammo uning ishtirokisiz birorta yirik, shu jumladan, jiddiy sarmoyalar bilan bogʻliq qaror qabul qilinmayapti.

Maʼlumot oʻrnida, Li Chje Yonning sogʻligʻi sababli nafaqaga chiqqan otasi Li Kun Xi vafot etgan taqdirda kompaniyani toʻsqinliklarsiz nazoratga olishga urinishlari uning uchun koʻp muammolarni, shu jumladan, bir yillik qamoq jazosini oʻtash sababini ham keltirib chiqargan edi.

“Men kompaniyadagi rolimni bolalarimga topshirishni rejalashtirmayapman. Bu haqda koʻpdan beri oʻylab yuribman, lekin bu haqda ochiq gapirishni xohlamayman”, deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер