Samarqanddagi qurilish maydonida koʻp yillik chinorlarga zarar yetkazildi

09:40 15 Aprel 2026 Jamiyat
187 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Talabalar xiyobonida qurilish ishlari joyida daraxtlarga jiddiy ziyon yetkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi holat nazoratga olinganini maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, haqiqatda ham Alisher Navoiy MFY hududida “Brasseriye Kiparis Group” MCHJ quruvchilari tomonidan qurilish obyektida xandaq kovlash jarayonida 2 tup koʻp yillik chinor va 1 tup aylant daraxti ildiziga oʻsishdan toʻxtamas darajada shikast yetkazilgan.

Shu bois, huquqbuzar fuqaro R.B.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga binoan 10,3 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер