Samarqandda yangi xususiy tibbiy markaz ish boshladi
Samarqand shahrida “Med-expert” xususiy tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, 80 oʻringa moʻljallangan ushbu tibbiyot markaziga MDH va Oʻrta Osiyo davlatlari orasida yagona boʻlgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar oʻrnatilgan.

Mazkur markazda 2021-yilda jarrohlik boʻlimini ham ishga tushirish rejalashtirilgan boʻlib, unda 10 dan ortiq jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, tibbiy xizmat koʻrsatish quvvati bir necha barobarga oshadi.

Yangi tibbiyot markazining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi E. Turdimov hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring