Samarqandda UNWTO tematik ofisi ochildi

15:58 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
250 0

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida UNWTO hamkorligidagi Tematik ofisning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, UNWTOga aʼzo davlatlar vazirlari va delegatsiyalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etdi.

“Ipak yoʻli markazida – Samarqandda UNWTO tematik ofisining ochilishi Oʻzbekistonning tashkilot mamlakatlari oʻrtasida mehmondoʻstlik va turizm industriyasini rivojlantirish anʼanalariga sodiqligini taʼkidlaydi. Bu davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi ochilishida eʼlon qilgan brend targʻibotiga qoʻshgan hissasi uchun «Ipak yoʻlidagi turizm” maxsus xalqaro mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi tashabbusida alohida taʼkidlangan. Brendni targʻib qilish Tematik idora tomonidan amalga oshiriladi, – dedi A. Abduhakimov ochilishda.

Tematik ofis UNWTO hamkorligida “Ipak yoʻli” xalqaro brendi loyihalari, tashabbuslari va tadqiqotlarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. U Ipak yoʻlida turizmni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan turizm sohasidagi tashkilotlar va ekspertlar faoliyatini kelgusida baholash va tavsiyalar berish uchun muvofiqlashtirishga moʻljallangan. Ofis UNWTOning 1-toifali Tashkiloti hisoblanadi, uning boshqaruv siyosatiga mos keladi va Tashkilotning ish va byudjet dasturining ajralmas qismi hisoblanadi. Ofis binosi tarixiy Samarqand shahridagi “Bobur Mirzo” koʻchasida joylashgan.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda UNWTO vakolatxonasi ochilishi mamlakatning Ipak yoʻli mamlakatlari orasida sayyohlik bozorida yetakchi oʻrinni egallashi va sohani innovatsion rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalarni jalb etishi uchun zamin yaratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер