Samarqandda uyda qamalib qolgan chaqaloq onasiga betalofat topshirildi
Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga koʻra, viloyat markazidagi uylardan birida 8 oylik chaqaloq uyda qamalib qolgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Voqea kecha, 10-oktabr kuni kechgi paytda sodir boʻlgan. Sartepa maskanidagi xonadonlardan birida yashovchi ayol soat 21:15 da FVB navbatchilik qismiga qoʻngʻiroq qilib yordam soʻragan.
Boshqarmaning qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, qulflanib qolgan eshikni betalofat ochib, jajji qizaloqni onasiga sogʻ-salomat topshirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring