Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar taʼlim vazirlari VII yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda
Uchrashuvlar doirasida Turkiy davlatlar orasida maktabgacha, maktab va oliy taʼlim sohalarini yanada rivojlantirish masalalari, koʻp tomonlama manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga oid loyiha hamda tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Unda Oʻzbekiston tomoni:
— Maktabgacha taʼlim sohasida UNESCOning Toshkent deklaratsiyasi ijrosini hamjihatlikda amalga oshirish;
— qardosh maktablar hamkorlik dasturini yanada rivojlantirish;
— Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring