Samarqandda turizm yoʻnalishida 3 trln. soʻmdan ziyod qiymatdagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda

12:18 25 Mart 2021 Iqtisodiyot
889 0

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining turizm sohasini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan 30 dan ortiq farmon va qarorlari tashqi va ichki turizmni keng rivojlantirish, shuningdek, sayyohlarning mamlakatimizda qulay yashashi uchun infratuzilmani yanada yaxshilash imkonini bermoqda.

Islohotlar natijasida bugungi kunda Samarqand viloyatida joylashtirish vositalari soni 374 taga yetkazildi, ulardagi xonalar soni 4858 ta, oʻrinlar soni 11145 tani tashkil etadi, shundan, 133 ta mehmonxona, 180 ta oilaviy mehmon uylari, 37 ta xostellar hamda 24 ta sanatoriy va sogʻlomlashtirish obyektlari boʻlib, 2018-yilga nisbatan qariyb 2,5 barobarga oshganini koʻrishimiz mumkin.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, 2021-2022-yillarda mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan jami qiymati 3 trillion 337 milliard soʻm (oʻz mablagʻlari 1 trillion 551 milliard soʻm, bank krediti 415,1 milliard soʻm, xorijiy investitsiya 1 trillion 371 milliard soʻm) miqdoridagi 126 ta loyihalar amalga oshirilishi hamda 3074 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi boʻyicha manzilli roʻyxat shakllantirilgan.

Shuningdek, 100 ta oilaviy mehmon uylari, 30 dan ortiq turoperatorlik faoliyati, 120 ta gid-ekskursiya yetakchilarini tayyorlash, 33 ta sanitar-gigiyenik shoxobchalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, 5 ta turistik sinfdagi avtobus, 15 ta mikroavtobus, 6 ta elektromobillar xarid qilish, 3 ta turistik axborot markazlari, 32 ta Wi-Fi hududlari tashkil etish, 22 ta zamonaviy yoʻl koʻrsatkich belgilari oʻrnatish rejalashtirilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер