Samarqandda tadbirkorlardan 1,9 milliard soʻm ortiqcha toʻlov olingan

11:54 15 Iyul 2020 Iqtisodiyot
736 0

Oliy Majlis Senati aʼzolari tomonidan Samarqand viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 2019-yilning dekabr oyida 121 tadbirkorlik subyektidan 1,9 milliard soʻm ortiqcha toʻlov olingani maʼlum boʻldi. Toʻlovlarning 1,3 milliard soʻmi (66 foizi) 2020-yilning yanvar oyida soliq toʻlovchilarning hisob raqamlariga qaytarildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, Bulungʻur tumanida ortiqcha olingan 339 million soʻm toʻlovning 78 foizi (264 million soʻm), Samarqand shahrida 301 million soʻmning 73 foizi (220 million soʻm), Ishtixon tumanida 214,5 million soʻmning 79 foizi (169,5 million soʻm) qaytarilgandi. Ortiqcha toʻlovlarning qolgan qismi, oʻtgan yil yakuni boʻyicha topshirilgan hisobotlar natijasida toʻliq bartaraf etildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер