Samarqandda tadbirkor haftada bir marta bepul non tarqatmoqda

Samarqand shahridagi “Muliyon” mahallasida yashovchi tadbirkor haftada bir marta mahalladoshlariga 700-800 ta non tarqatib kelmoqda. Uni har juma 30-umumta’lim maktabi yonida ko‘rish mumkin, deb yozadi “Samarkandskiy vestnik”.
Manbaning yozishicha, mahalladoshlari undan minnatdor. 23 yoshli Samar tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, sexida non mahsulotlari tayyorlaydi.
“O‘zidan boshqani o‘ylamaydigan va boshqalarga beg‘araz yordam berishni istamaydigan odamlar menga yoqmaydi. Savob qilganda insonning o‘zi o‘zgaradi, u yanada yaxshi odamga aylanadi. Ezgu ishlarni keyinga qoldirish kerakmas, har bir kishi boshqaga ko‘maklashib dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin. Buning turli amallari bor.
Masalan, binodan chiqayotganda kimgadir eshikni ochib berish, do‘kondagi navbatda kimnidir oldinga o‘tkazib yuborish, do‘stga sovg‘a yo‘llash, avtobus yoki tramvayda joy berish mumkin va hokazo. Menimcha, boshqalarga yordam berganda, hayot yanada yaxshilanadi”, — deydi tadbirkor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring