Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi — DXX
DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Paxtachi tumanidagi xususiy korxona rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar ttoʻgʻrisida”gi qarorida koʻrsatilgan zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, qaror talablariga zid ravishda, texnik shartda koʻrsatilgan loyihadan tashqari oʻzboshimchalik bilan gaz quvuri oʻtkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan va ohak ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlandi.
“Oʻzenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat boʻlimi tomonidan berilgan xulosaga koʻra, mazkur korxona 387245 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi natijasida davlat manfaatlariga 580 mln. soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring