Samarqandda somonli maydon va “Matiz” yonib ketdi

18:56 12 Iyul 2024 Jamiyat
835 0

Samarqand tumanida somonli maydon va yoʻl yoqasida turgan “Matiz” yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 12-iyul kuni soat 16:28 da Samarqand tumani Yangi ariq MFY hududida sodir boʻlgan. Viloyat FVBga Fuqaro J.O. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomobil hamda yoʻl yoqasidagi “I.A.S.” fermer xoʻjaligiga qarashli somon qoldiqlar mavjud maydonda yongʻin sodir boʻlganligi haqida xabar kelib tushgan.

Foto: Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi

Chaqiruvga koʻra, voqea joyiga 2 ta Yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da yetib borib, alanga soat 17:18 da oʻchirilgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, mashinada qisqa tutashuv tufayli yongʻin chiqqan. Oqibatda alanga shu atrofdagi fermer xoʻjali dalasidagi gʻalladan boʻshagan yerga ham oʻtib, 0,30 gektar yer maydonida somon qoldiqlari yonib ketgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berishlik uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanining Axsi mahallasida somon qoldigʻini yoqib yuborgan shaxs jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер