Samarqandda ota 6 yoshli oʻgʻlini boʻgʻib oʻldirdi
Samarqandda oʻzining 6 yoshli oʻgʻlini boʻgʻib oʻldirgan otaga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanali xabar berdi.
Sudlanuvchi R.D. turmush oʻrtogʻi (daʼvogar) bilan arzimagan narsalar uchun urishib qoladi, shunda ayol arazlab onasinikiga ketadi, oradan bir oz vaqt oʻtib u katta farzandini oʻzi bilan olib ketadi. Daʼvogar tomon bir necha marotaba oʻgʻlini qaytarishni soʻragan, sudlanuvchi oʻgʻlini yashirib boshqa yerda yashab yurgan.
Voqea sodir boʻlgan kuni mahalla masʼullari, profilaktika inspektori va kayvonilar bu oilani yarashtirish uchun sudlanuvchining uyiga kelishi kerak edi. Shunda ota oʻgʻli Doston bilan uyiga qaytadi, ammo xotini ham, mahalladagilar ham kelmaydi. Ota shunda farzandi va oʻzining joniga qasd qiladi. 6 yoshli Doston boʻgʻib oʻldiriladi, ammo ota tirik qolgan.
Sud R.D.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan aybli deb topdi va 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring