Samarqandda Malayziya universitetlaridan birining filiali ochiladi
Malayziyaning City University of Malaysia universiteti prezidenti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori oʻrtasida onlayn xalqaro hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi va unda bir qator yangi gʻoyalar muhokama qilindi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar beradi.

Video muloqot davomida 2020-2021 oʻquv yilida oliygohlar oʻrtasida oldindan rejalashtirilib kelinayotgan taʼlim yoʻnalishlari va qoʻshma dasturlarni tashkil etish, yaʼni bakalavr taʼlim bosqichida jurnalistika va turizm yoʻnalishlari boʻyicha Malayziyaning City University of Malaysia universitetining Samarqand davlat chet tillar instituti tarkibida filialini ochish, shuningdek, bakalavr taʼlim bosqichida 3+1 qoʻshma dasturi asosida maktabgacha taʼlim yoʻnalishini tashkil etish (2 yil SamDCHTIda, 1 yil Malayziyadagi universitetda tahsil olinadi) borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Onlayn konferensiyada SamDCHTIda ochiladigan filialning oʻquv binolarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash, qabul jarayonlarini tashkil etish, kvotalar hamda shartnoma toʻlovlarining miqdorini belgilash kabilar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Ushbu hamkorlik muzokaralari natijasida rejalashtirilgan va imzolangan hamkorlik memorandumida koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida kelgusi haftada hamkorlik shartnomasi imzolanishiga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring