Samarqandda xalqaro ixtirochi yoshlar forumi tashkil etildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatida yoshlarni STEM taʼlimi doirasida bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida xalqaro ixtirochi yoshlar forumi tashkil etildi. Unda akademiklar, ekspertlar, olimlar, ilm-fan va texnologiya sohasining yetuk namoyandalari, ixtirochi talabalar STEM taʼlimiga oid mavzularni muhokama qildi.
Bulungʻurlik Suhrob Murodov Oʻzbekistonda birinchi boʻlib С2 sertifikatiga ega boʻlgan. Ayni paytda AQSHning Florida universitetida uchinchi bosqich talabasi.

— Forumda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yirik injiniring loyihalariga qanday qilib investitsiya olib kirish boʻyicha taqdimot qildim, — deydi Suhrob. — Takliflarim mutaxassislarga manzur boʻlganidan xursandman. Nasib qilsa, Oʻzbekistonga katta biznes-rejalar bilan qaytaman.
Forum akademik va ilmiy sohalardagi yetakchi mutaxassislar, xususan, dunyoning eng nufuzli universitetlaridagi yosh olimlar bilan yaqindan tanishish, fikr almashish, kelajakda ularning Oʻzbekistonda jahon darajasidagi STEM taʼlimini rivojlantirishga hissa qoʻshishlari uchun zamin yaratdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring