Samarqandda inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosining oldi olindi

22:15 05 Mart 2025 Jamiyat
246 0

Samarqand viloyatida 700 dan ortiq psixotrop dori vositalarining savdosiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Bulungʻur tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda psixotrop moddalar savdosi bilan shugʻullanib kelgan F.S. (muqaddam JKning 251-1-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan) fuqaro D.B. bilan oʻzaro til biriktirib, 210 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 6 million soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Boshqa bir holatda, fuqaro F.A. (muqaddam JKning 251-1-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan) 500 dona “Zardeks” dori vositasini fuqaro D.B.ga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan oʻtkazish maqsadida saqlab kelingan 60 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер