Samarqandda ichimlik va oqova suvi narxlari oshadi
2025-yil 1-apreldan Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari boʻyicha yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining tegishli qarorida qayd etilgan.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 24-mart kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining “Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori bilan ichimlik va oqova suvi uchun yangi narxlar tasdiqlagan.
Hujjat bilan bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha belgilangan:
- aholi uchun — 2800 soʻm;
- byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun — 6700 soʻm.
Oqova suv xizmati uchun:
- aholi uchun — 1900 soʻm;
- byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun — 5300 soʻm.
Bunda aholi hamda byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun ichimlik va oqova suv narxlari QQSsiz hisoblangan.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda viloyat hokimining oʻrinbosari Akmal Shukurov zimmasiga yuklangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring