Samarqandda ichib olgan shaxs jamoat tartibini buzgani uchun 15 sutkaga qamaldi
Buzgʻunchi shaxsdan maʼmuriy qamoq davrida toʻlanadigan xarajatlar uchun har bir sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foiz miqdorida, jami 607 500 soʻm undiriladi.
Mazkur holat Kattaqoʻrgʻon shahridagi mahallalardan birida sodir boʻlgan. Mast holatdagi S.M. yoʻlni taʼmirlayotgan xodimlar va qoʻshnilarni sababsiz nojoʻya soʻzlar bilan xaqoratlab, tinchini buzgan.
Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlari bilan mayda bezorilik qilib, bundan tashqari ichki ishlar xodimining qonuniy talabiga boʻysunmagan.
Oqibatda 1977-yilda tugʻilgan buzgʻunchi shaxs S.M.ga tegishli jazo tayinlandi. Jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudining qaroriga koʻra, u 15 sutkaga qamaldi. Undan 607 500 soʻm xarajatlar uchun va bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari - 270 000 soʻm jarima undiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring