Samarqandda harbiy xizmatdan qaytgan yigit mahallasidagi qoʻylarni oʻgʻirladi

00:52 08 Noyabr 2021 Jamiyat
1214 0

Samarqand viloyatida harbiy xizmatdan qaytgan yigit mahalladoshlarining qoʻyini oʻgʻirladi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi.

U choʻponlar tushlik qilayotganidan foydalanib, qoʻrada qamalgan qoʻylar orasidan bitta qoʻchqor, sovliq va qoʻzichoqni oʻgʻirlab ketgan.

Yigit qoʻylarni 200 ming soʻmga taksi yollab, Samarqand shahridagi tanishlarinikiga olib borgan. Bu yerda ularni arzon garovga pullagan. Pul kamligi sabab oradan koʻp oʻtmay oʻgʻriligini yana davom ettirgan.

U shundan soʻng qoʻlga tushgan. “Xizmat davrida bir qiz bilan ishqiy munosabatlarim chuqurlashib ketgandi,  deydi yigitcha sudga bergan koʻrsatmasida. — Qaytganimdan keyin ham xabarlashib turdik. Keyinchalik unga uylanmasligimni bilib, «Agar 1000 dollar bermasang, seni qamataman”, dedi. Shu pulni topish uchun oʻgʻrilik qilishga majbur boʻldim».

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlar toʻliq qoplangan. Yigitga Jinoyat ishlari boʻyicha Oqdaryo tumani sudi hukmiga koʻra, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Uning yashash joyidan har kuni kech soat 23:00 dan ertalab soat 06:00 gacha chiqishi cheklandi. Shuningdek, nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini oʻzgartirmaslik; Samarqand viloyati hududini tark etmaslik; muayyan joylarga, yaʼni kafe, bar va restoranlarga bormaslik; alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslikdan iborat qoʻshimcha cheklashlar yuklatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер