Samarqandda harakatlanayotgan avtomobil yonib ketdi
Samarqandda “Lada 2115” dvigatel boʻlinmasidagi qisqa tutashuv tufayli yonib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 23-dekabr kuni soat 18:10 da sodir boʻlgan. Voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar yetib kelib, yongʻinni oʻchirishgan. Qurbonlar yoʻq.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarga avtomobilning texnik holatiga eʼtibor qaratishlarini soʻradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring