Samarqandda “Gazdan suyuqlikka” qayta ishlash texnologiyasi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda

17:46 05 Iyun 2023 Siyosat
952 0

Samarqandda “Gazdan suyuqlikka” (gas-to-liquids, GTL) texnologiyasi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda.

Anjuman “Oʻzbekneftgaz” AJ va uning shoʻba korxonasi GTL sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish boʻyicha jahonda beshinchi oʻrinni egallagan “Uzbekistan GTL” tomonidan tashkil etildi.

Konferensiyada GTL uskunalaridan foydalanadigan kompaniyalardan 65 dan ortiq muhandis va texnik xodimlar ishtirok etmoqda.

Konferensiya Janubiy Afrikaning “Sasol” va Daniyaning “Haldor Topsoe” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda Oʻzbekistonda qoʻllanilayotgan jahon darajasidagi GTL texnologiyalariga bagʻishlangan.

Ushbu noyob qayta ishlash jarayonlari tabiiy gazni benzin, dizel va kerosin kabi suyuq yoqilgʻiga aylantira oladi. GTL texnologiyasi tabiiy gaz resurslariga ega mamlakatlarga odatda xom neftdan qayta ishlanadigan qimmatbaho suyuq yoqilgʻilarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Xalqaro energetika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston yiliga 60 milliard kub metrga yaqin tabiiy gaz qazib olish bilan dunyoda eng yirik gaz ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Samarqand konferensiya sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qildi. Uch kun davomida GTL uskunalaridan foydalanuvchi muhandis va texnik xodimlar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar, keying rivojlanish istiqbollarini rejalashtirdilar va GTL texnologiyasidagi potensial yangiliklarni, xususan, samaradorlikni oshiradigan yangiliklarni muhokama qilmoqda.

Anjuman davomida jahondagi yetakchi GTL zavodlari, jumladan “Uzbekistan GTL”, “Oryx GTL”, “Escravos GTL” va “Topsoe SynCOR” boʻyicha texnik tadqiqotlar taqdim etildi.

— Men ushbu forumni neft va gaz sanoati uchun muhim voqea deb ayta olaman, — dedi “Uzbekistan GTL” bosh direktori Faxritdin Abdurasulov. — Biz tabiiy gazdan sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator mutaxassislarni bir maydonga jamlaganimizdan faxrlanamiz. Konferensiya fikr almashish uchun ajoyib platformaga aylanib, bu sohada yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga olib kelishi mumkin. Shu oʻrinda taʼkidlash keraki, Oʻzbekiston jahon energetika sanoatiga oʻzgartiruvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan GTL texnologiyalarining global markaziga aylandi.

Ishtirokchilar, tadbir doirasida Qashqadaryo viloyatida bunyod etilgan “Uzbekistan GTL” zavodiga ham tashrif buyurishdi.

Konferensiya 23-may kuniga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер