Samarqandda fuqarolarga “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Toyloq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.B. fuqaro A.Q.ga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini bekor qildirmaslik evaziga 2,5 ming dollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Tekshiruv davomida ushbu pullar hisobidan 1,2 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Departamentning Jomboy tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.E. fuqarolar M.M. va F.E.ga haydovchilik guvohnomalari olib berishini vaʼda qilib, 2,1 ming dollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi
- Javohir Sindarov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi
- Ijtimoiy himoya tizimida yangi mexanizmlar joriy etiladi
- Oʻzbekistonda yashash va ovqatlanish sohasida qaysi davlatlar korxona ochgan?
- Tadbirkor bilan muloqot qiladigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy boʻladi
- Mamlakat madaniyatiga boʻlgan oddiy va samimiy hurmat belgisi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring