Samarqandda fermer xoʻjaligi 2,1 mlrd soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalandi
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “M.A.” fermer xoʻjaligi rahbari G.R. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan toʻgʻri ulab, 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring