Samarqandda erkak tanishining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi

14:10 10 Iyul 2024 Jamiyat
361 0

Illyustrativ foto

Samarqand viloyatida fuqaro tanishining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 8-iyul kuni Ishtixon tumani Dehqonobod MFYda yashovchi S.Sh. ogʻir tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, oʻsha kuni soat 10:30 larda S.Sh. tanishi, Q.R. bilan oʻzaro kelishmay qolgan va janjallashgan.

Oqibatda Q.R. oʻzining “Tico” rusumli avtomashinasi yukxonasidan xoʻjalik boltasini olib S.Sh.ning bosh sohasining orqa qismiga bir marotaba urib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda ayolni bolta bilan shafqatsizlarcha urib oʻldirgan erkak 23-yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер