Samarqandda “Damas” 2 nafar piyodani urib yubordi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Toyloq tumanida “Damas” yoʻl chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXX xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 10-iyun kuni soat 18:10 lar atrofida Toyloq tumani hududidan oʻtuvchi 4K-529A avtomobil yoʻlining 2-kilometrida Qoʻrgʻoncha-Qunduzak yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Damas” ikki nafar piyodani urib yuborib YTH sodir etgan.
Oqibatda ikki nafar piyoda va transport vositasi ichida boʻlgan bir nafar yoʻlovchi olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
“YTH oqibatida halok boʻlganlar yoʻq. Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlandi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring