Samarqandda chiqindilarni musiqali usulda olib ketish yoʻlga qoʻyildi

16:26 22 Avgust 2023 Jamiyat
472 0

Foto: Arxiv surat

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida “Kattaqoʻrgʻon obod servis” MCHJ tomonidan aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketishning musiqali usuli yoʻlga qoʻyildi.

Endi chiqindi mashinasi baland signal emas, musiqa orqali chiqindilarni olib ketadi.

Maʼlumot uchun, aholi yashash punktlaridan chiqindi yigʻadigan maxsus texnika vositalarining baland signal chalib kelishi odamlarning eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan edi. Buni inobatga olgan holda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni olib ketishning signal usuli oʻrniga musiqali usul joriy qilindi.

Bugunga qadar Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida musiqali usul sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilgan. Agar sinov muvaffaqiyatli oʻtsa, respublikaning barcha hududlarida shu usuldan foydalaniladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер