Samarqandda "Brodvey" tashkil etiladi

14:04 07 Oktyabr 2020 Siyosat
1637 0

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqin orada Samarqand shahrida mamlakatimizdagi birinchi gastronomik "Brodvey“ rasman ochiladi. Orzu Mahmudov koʻchasi boʻylab qahvaxonalar, pisseriyalar, shuningdek, turli xil restoranlar, jumladan, “Brighton”, ”Qanotcha", “Lagman House”, “Evos”, “Bar garaje”, “Chopar” pisseriyasi va boshqalar ochilmoqda.

Ushbu koʻcha boʻylab sayohat qilgan mehmonlar betakror muhitga shoʻngʻib, dunyoning turli mamlakatlari taomlaridan tatib koʻrishlari mumkin boʻladi.

Kelgusida Orzu Mahmudov koʻchasida turli festivallar oʻtkazish, koʻcha musiqachilari va rassomlarini jalb qilish ham rejalashtirilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер