Samarqandda bogʻcha bitruvchilaridan pul yigʻilgani aytildi

18:26 27 May 2024 Jamiyat
1063 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi bogʻchada bitruvchi tarbiyalanuvchilardan pul yigʻilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat masʼullar tomonidan oʻrganilganda muhokamalarga sabab boʻlgan xabar oʻz tasdigʻini topgan. Unga koʻra, ushbu tashabbus 57-maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari tomonidan bayram tadbiriga musiqachi jalb etish, videokamera, esdalik uchun «виньетка» va boshqa maqsadlar uchun tashkil etilgan.

Holatni nazorat qilmaganligi uchun 57-maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoriga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер