Samarqandda bir kechada 9 nafar yengil tabiatli ayol aniqlandi — IIB

10:36 29 May 2021 Jamiyat
1019 0

26-may kuni oʻtkazilgan tungi reydlar davomida Samarqand shahridagi 5 ta tungi klub faoliyati koʻzdan kechirildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan 472 nafar shaxslar ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, tekshiruvdan oʻtkazildi.

Bundan tashqari, 6 nafar muqaddam sudlangan shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatildi. 2 nafar jamoat joyida mayda bezorilik sodir etgan shaxsga nisbatan Samarqand shahar JIB sudi tomonidan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi, 8 nafar spirtli ichimlikka ruju qoʻygan shaxslar SVND shifoxonasiga joylashtirildi. 9 nafar yengil tabiatli ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. 379 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan oʻtkazildi.

Shundan, 9 ta mast, 20 ta hujjatsiz, 14 ta oynalari tusini ruxsatnomasiz qoraytirib avtotransport boshqargan hamda 63 ta boshqa turdagi huquqbuzarliklar sodir qilgan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер