Samarqandda besh kunda 443 ta avtomashina jarima maydonchasiga qoʻyilgan

10:59 27 Noyabr 2023 Jamiyat
366 0

18-24-noyabr kuni Majburiy ijro byurosi va IIB JXD yoʻl harakati xavsizligi tomonidan oʻtkazilgan qoʻshma reydlar davomida maʼmuriy jarimalarni muddatida toʻlamagan transport vositasi haydovchilari zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlanib, 1955 ta qoidabuzar haydovchidan 3 milliard soʻmdan ortiq qarzdorlik undirilgan.

Shuningdek, jarimani toʻlashdan bosh tortganlarga tegishli boʻlgan 443 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan.

Amaldagi tartiblarga koʻra, yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani haydovchi jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran 60 kundan kechiktirmay toʻlashi lozim. Ana shu muddatda toʻlanmagan jarimalar MIB ish yurituviga oʻtkaziladi va majburiy tarzda undirish choralari koʻriladi.

Maʼlumot uchun, Byuro organlari tomonidan ijro ishi doirasida avtotransport vositalariga taqiq qoʻyish, ularni xatlash, jarima maydonchasiga joylashtirish, realizatsiya qilish, qarzdorga tegishli plastik kartalardan pul mablagʻini yechib olish, undiruvni ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratish kabi majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi mumkin.

Byuroning Qidiruv shoʻbasi ispektori, Nodir Bahronovga koʻra, Yilning oʻtgan davri mobaynida Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB YHXB organlari qarorlari asosida yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilardan oʻz vaqtida toʻlanmagan 5611 ta 2,4 mlrd. soʻmlik jarima undirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер