Samarqandda ayol rashk sabab oʻzini balandlikdan tashlamoqchi boʻldi
Foto: Jahongir Saʼdullayev / Telegram
Samarqand shahrida ayol rashk sabab oʻzini balandlikdan tashlamoqchi boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati boshligʻi Jahongir Saʼdullayev xabar berdi.
Unga koʻra, bugun, 27-may kuni soat 16:00 lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali ustidan oʻtgan quvurdan 1998-yilda tugʻilgan, 4 nafar farzandning onasi oʻzini pastga tashlashga uringan.
Maʼlum boʻlishicha, bunga rashk sabab boʻlgan.
IIB xodimlari ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan soʻng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring