Samarqandda 79 yoshli fuqaro bedarak yoʻqoldi
Narpay tuman “Ipak yoʻli” mahallasida yashagan 1942-yilda tugʻilgan Karim Ataqulov qidirilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
K. Ataqulov shu yilning 21-martida ertalab soat 7:00 da yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan.
Alohida belgilari: boʻyi 170-175 santimetr, sochlari oq – kalta qilib oldirilgan. Koʻzlari qora, ikki qoʻlining kaft qismida oq dogʻlari bor. Oʻng qoʻlining bilak qismida singan joyi va oʻng oyogʻining tizza sohasida chandigʻi bor.
K. Ataqulovni koʻrgan-bilgan yoki u haqda biror maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolar tuman ichki ishlar boʻlimining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari soʻralgan.
Telefon: (0366) 231-98-11, (0366) 443-11-99, (+99893) 999-22-10.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring