Samarqandda 677 million soʻmlik gaz va “svet” talon-toroj qilindi
Samarqand viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda fuqaro F.K. “Dehqonobod” MFY hududidagi dala hovlisida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 324,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Kattaqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham oshkor boʻlgan.
Unga koʻra, “K.G.” MCHJ rahbari G.M. “Navbahor” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 112,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.S.” MCHJ rahbari D.Sh. Samarqand shahrida foydalanishga topshirilgan koʻp qavatli uyni umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 241 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring