Samarqandda 6 oylik oziq-ovqat uchun 235 milliard soʻm sarflanadi
Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumi uchun talab etiladigan zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati shakllantirildi.
Unga koʻra, 6 oyga 82,6 ming tonna goʻsht, 100 ming tonna kartoshka, 19 ming tonna guruch, 149,8 ming tonna un mahsuloti, 21,3 ming tonna shakar, 418,8 million dona tuxum, 17,6 ming tonna yogʻ zarur.
Mahsulotlar uchun jami 235,4 milliard soʻm mablagʻ talab etiladi. Bu mablagʻning 10 milliard soʻmi jamgʻarmalar hisobidan, 74,6 milliard soʻmi kredit resurslaridan va 150,8 milliard soʻmi tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Samarqand shahrida 15-20-oktyabr kunlari tashkil etilgan “Tabiat saxovati” arzonlashtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari yarmarkasida 150 tonna sabzavot, 126 tonna kartoshka, 23,5 tonna goʻsht, 120 ming dona tuxum, 5 tonna baliq, 10,8 tonna paxta yogʻi, 10 tonna makaron, 7,2 tonna oʻsimlik yogʻi, 6,5 tonna un va 18 tonna 15 turdan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari arzon narxlarda sotildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring