Samarqandda 5 yoshli bemor tuzaldi va jami sogʻayganlar 2800 nafarga yaqinlashdi

16:16 31 May 2020 Jamiyat
734 0

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Toyloq tumanidan 2 nafar, Pastdargʻom, Urgut, Oqdaryo, Payariq tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan). Ularning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 72 yoshda, yoshi kichigi esa 5 yoshda.

Viloyatda hozirga qadar sogʻayganlar 274 nafar boʻlsa, endilikda 281 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 2790 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер