Samarqandda 315 mln soʻmlik gaz oʻgʻirlagan novvoyxona fosh qilindi
Oqdaryo tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, filial komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari hamda “Oʻzenergoinspeksiya” ishtirokida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, tumanning “Mustaqillik” MFYda joylashgan fuqaro S.S.ga qarashli novvoyxonada gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, hisoblagichdan oldin yashirin tarmoq tortish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh qilingan.
Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 315 million 403 ming soʻm miqdorida zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring