Samarqandda 28 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi

22:29 05 Dekabr 2024 Jamiyat
318 0

Foto: Oʻzenergoinspeksiya

Samarqandda 28 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinishicha, Ishtixon tumanida “M.G.M.” oilaviy korxonasiga qarashli binoning yon qismida joylashgan yertoʻlada quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelingan.

Hisob-kitoblarga koʻra, qoidabuzarlik natijasida 28 mlrd 896 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

“Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер