Samarqand viloyatining sayyohlik salohiyati Kanadada targʻib qilinmoqda

17:11 09 Dekabr 2023 Jamiyat
242 0

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Samarqand viloyati delegatsiyasi Kanadada boʻlib oʻtayotgan nufuzli “Montreal International Tourism and Travel Show – 2023” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, Kanadada boʻlib oʻtayotgan xalqaro tadbirda Samarqand viloyati delegatsiyasi viloyatga xorijiy sayyohlarni jalb etish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni taʼminlash maqsadida oʻz mahsulotlari va turistik xizmatlarini taqdim etmoqda.

Jumladan, delegatsiya aʼzolari xorijiy davlatlarning sayyohlik kompaniyalari hamda xorijiy mamlakatlar turizm idoralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishdi.

Uchrashuvlar davomida xorijliklarga Samarqand viloyati turizm salohiyati, xalqaro aeroportining imkoniyatlari, turizm sohasida kadrlar tayyorlash yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar, sayyohlar uchun viloyatda yaratilgan infratuzilma obyektlari hamda oʻzbek xalqining boy tarixiy va madaniy merosi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar berilmoqda.

33-marotaba tashkil etilgan “Montreal International Tourism and Travel Show – 2023” xalqaro turizm koʻrgazmasi Amerika qitʼasida tashkil etiladigan eng yirik turizm yarmarkalaridan biri hisoblanadi. Mazkur koʻrgazmada 100 dan ortiq mamlakatdan 50 ming nafarga yaqin soha vakillari oʻz taqdimotlari bilan qatnashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buyuk Britaniyadagi nufuzli “World Travel Market London – 2023” koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy pavilyoni tashkil etilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер