Samarqand viloyatining ikki tumanida hokim almashdi
Samarqand viloyatining Pastdargʻom va Narpay tumanlarida hokimlar almashdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Sherbek Boʻronov Erkinovich Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tumanning sobiq hokimi Raxmanov Sherzod Shuxratovich esa Pastdargʻom tumaniga tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring