Samarqand viloyatidagi eng katta masjid Urgutda barpo etilmoqda
Shu kunlarda Urgut tumanining Mergancha mahallasi hududida Samarqand viloyatidagi eng katta masjid barpo etilmoqda.
Ayni kunlarda ushbu mahobatli va koʻrkam masjidda soʻnggi pardozlash ishlari olib borilyapti.

Masjidning xonaqohi 55x45 metr oʻlchamda qurilgan boʻlib, xonaqohning oʻrtasidagi gumbazning balandligi 36 metrni tashkil etadi. Masjid xonaqohining ikki chetida esa 18x45 metr oʻlchamda ayvon ham tushgan. Inshootning toʻrt tomonida joylashgan toʻrtta minoraning uzunligi 40 metrdan baland.
Masjid bir vaqtning oʻzida 10 mingga yaqin kishini sigʻdirish imkoniga ega. Uning hovlisida namozxonlar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Jumladan, zamonaviy tahoratxona hamda xodimlar uchun ikki qavatli maʼmuriy bino qurilgan. Atrofi obodonlashtirilib, ekilgan manzarali daraxtlar va gullar majmuaga oʻzgacha koʻrk bagʻishlab turibdi.
Yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladigan ushbu masjid shubhasiz Urgut xalqiga ajoyib tuhfa boʻladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring