Samarqand viloyati hokimiga ham yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Zebo Behbudovna Saidova tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu tayinlov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning tegishli qarori bilan amalga oshirilgan.
Maʼlumot uchun, Zebo Saidova 1978-yilda Samarqand tumanida tugʻilgan. U mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring